Bogʻchalar uchun yaratilgan

Ota-onangiz bogʻchangizni shunday koʻradi.

My Garden — bogʻcha uchun tizim. Davomat, toʻlov va xabarlar ota-onaga Telegramda boradi. Hisobotni esa AI yordamchidan soʻrasangiz bas.

Oʻrnatish shart emasTelegram orqali ota-onalargaOʻzbek tilida
Lolacha guruhiBugun, ertalab · davomat
HAHasan
MKMadina
OSOisha
TTTemur
LRLaylo
ISIbrohim
SUSoliha
Hasan bogʻchaga keldiOnasiga Telegramda yuborildi
Ertaga bayram!Barcha ota-onalarga yetdi
Toʻlov qabul qilindiChek ota-onaga ketdi
AI yordamchi

Tugmani izlamang. Shunchaki soʻrang.

Kerakli ishni oddiy oʻzbekcha yozasiz — yordamchi tizimning oʻzida topib beradi yoki bajaradi.

  • Davomat va toʻlovlarKim kelmadi, kim toʻlamagan — bitta savol bilan.
  • Xabar va eʼlonlarOta-onalarga Telegramda yetkaziladigan matnni yordamchi tayyorlaydi.
  • HisobotOy oxirida kerakli hisobotni soʻrasangiz, tayyorlab beradi.
My Garden yordamchisiSavolingizni yozing
Lolacha guruhida bugun kim kelmadi?
Bugun 1 nafar bola kelmadi — Temur. Ota-onasiga xabar yuboraymi?
Ha, yuborKeyinroq
Ha. Va oktabr uchun kim toʻlamagan?
Xabar yuborildi. Oktabr boʻyicha 7 ta oilada toʻlov kutilyapti. Eslatma yuboraymi?
Bir kun My Garden bilan

Ertalabdan kechgacha — hammasi oʻz vaqtida

Har bir ish bir-ikki bosishda. Qolganini tizim eslab turadi.

08:00
DavomatBolalarni bir bosishda belgilaysiz
08:15
Ota-onaga xabar«Farzandingiz keldi» — oʻzi ketadi
13:00
EʼlonBayram yoki yigʻilish — hammaga birdan
17:30
ToʻlovNaqd, Payme, Click — chek oʻzi ketadi
Oy oxiri
HisobotExcel yoki PDF — bitta tugma bilan
Rollar

Har kim faqat oʻziga keragini koʻradi

Ortiqcha tugma yoʻq, begona maʼlumot yoʻq.

RahbarBogʻchaning butun holati bir qarashda
TarbiyachiTelefonda davomat — bolalardan chalgʻimasdan
HisobchiQarz va toʻlovlar oʻzi hisoblanadi
Ota-onaHech narsa oʻrnatmaydi — Telegramda biladi
Jamoam bilan sinab koʻraman
My Garden botbot
Madina bogʻchaga keldi.08:12
Ertaga soat 10:00 da kuz bayrami. Iltimos, oq koʻylak kiydirib keling.13:04
Oktabr oyi uchun toʻlov: 1 200 000 soʻmPayme orqali toʻlash17:20
Rahmat, toʻladim!17:31 ✓✓
Rahbar
Tarbiyachi
Hisobchi
Ota-ona
XLSXbolalar
DOCXshartnoma
PDFtoʻlovlar
Faylni shu yerga tashlang
6guruh
124bola
1 846toʻlov
3tekshiring
Boshlash — 5 daqiqa

Eski roʻyxatingizni shunchaki tashlang

Qayta yozib oʻtirmaysiz. Hammasini tizim oʻzi joyiga qoʻyadi.

1
YuklangExcel, Word yoki PDF — qanday boʻlsa shunday
2
TekshiringShubhali joylar qizil bilan koʻrsatiladi
3
TasdiqlangBogʻchangiz ishga tayyor
Halol gap

My Garden hammaga kerak emas

Vaqtingizni olmaslik uchun — oʻzingizni taniysiz.

Hozircha kerak emas, agar…

  • bitta-ikkita guruh boʻlsa va ish oʻz yoʻliga tushib ketgan boʻlsa;
  • ota-onalar bilan aloqa hozir qiynalmay ketayotgan boʻlsa;
  • toʻlov va davomat boʻyicha savollar kam boʻlsa.

Kerak boʻladi, agar…

  • guruhlar koʻpayib, «kim kelmadi?», «kim toʻladi?» savollari kuniga koʻp marta takrorlansa;
  • oy oxiri hisobotiga koʻp vaqt ketsa;
  • ota-onalarga hammaga bir xil va oʻz vaqtida xabar yetkazmoqchi boʻlsangiz;
  • bogʻchaning holatini oʻzingiz yoʻq paytda ham koʻrmoqchi boʻlsangiz.
Ochiq javoblar

Eng koʻp soʻraladigan savollar

Tarbiyachilar oʻrgana olmasa-chi?

Davomat bir bosishda belgilanadi. Tizim ichida qadamma-qadam yoʻl koʻrsatadi, tushunmagan joyingizni AI yordamchidan soʻraysiz. Boshlangʻich sozlashni biz birga qilamiz.

Eski roʻyxatim bor — hammasini qayta kiritamanmi?

Yoʻq. Mavjud roʻyxatingizni yuklaysiz, tizim joyiga qoʻyadi, shubhali joylarni siz tekshirasiz.

Bolalar maʼlumoti xavfsizmi?

Har bogʻchaning maʼlumoti alohida saqlanadi — boshqa bogʻcha uni koʻra olmaydi. Kim nimani koʻrishini rollar belgilaydi va bu serverda tekshiriladi. AI yordamchiga ism, telefon va hujjat raqamlari maskalangan holda uzatiladi.

Internet uzilsa nima boʻladi?

My Garden brauzerda ishlaydi, shuning uchun internet kerak. Uzilgan paytdagi davomatni keyinroq ham belgilash mumkin — sana oʻtib ketgani ish qilmaydi.

Narxi qancha?

Toʻlov ikki qismdan: hamma uchun bir xil minimal toʻlov (100 000 soʻm/oy) va tarbiyalanuvchilar soni. Kichik bogʻcha kam toʻlaydi. Sinov davri bepul, karta soʻralmaydi.

Hozircha ochiq aytamiz

Birinchi bogʻchalar bilan birga oʻsamiz

Pilot bogʻchalar qidiryapmiz. Evaziga — sizga qulay boʻlgan tizim.

Bepul

pilot davrida

Birga

sozlash va oʻrgatishni oʻzimiz qilamiz

5 daqiqa

eski roʻyxatdan boshlash

Ovozingiz

kerakli imkoniyatni siz aytasiz

Pilot bogʻchalardan biri boʻling

Bir daqiqada ochiladi. Manzilni tizim oʻzi beradi, karta soʻralmaydi.

Sinov davri bepul · karta kerak emas